O‘zbekiston yetti oyda 102,8 mln. dollarlik telefon import qildi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan qiymati 102,8 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 508 602 dona mobil telefon import qilingan.
Telefon importi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 92 950 donaga oshgan.
O‘zbekiston 11 ta davlatdan telefon import qilgan.
O‘zbekiston 7 oy mobaynida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
— Xitoy – 1,1 mln. dona
— BAA – 149 ming dona
— Vetnam – 142 ming dona
— Hindiston – 101 ming dona
— Qozog‘iston – 10,3 ming dona
— Koreya – 2,1 ming dona
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter