O‘zbekiston Malayziyaga meva eksport qilishni boshladi
O‘zbekistondagi «Golden Prime Fruit» kompaniyasi mamlakatimizda yetishtirilgan sarxil gilos, shaftoli, o‘rik, uzum hamda olxo‘ri mevalarini ilk bor Malayziya davlatiga eksport qilishni boshladi. Bu haqda «O‘zdavkarantin» matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, joriy yilning iyul oyida meva-sabzavot mahsulotlarining umumiy eksport hajmi 5 tonnani tashkil etdi. Shuningdek, mevalarning yana 1,5 tonnaga yaqin uchinchi partiyasi «Made in Uzbekistan» belgisi tushirilgan maxsus qoplarda manziliga yuborildi.
Kompaniya vakillarining qayd etishicha, O‘zbekistonda yetishtirilgan sarxil mevalar malayziyalik hamkorlarda katta qiziqish uyg‘otgan va eksport hajmini yanada oshirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Hozirgi kunda Malayziyaning yetakchi savdo tarmoqlari bilan muzokaralar olib borilmoqda. Bundan tashqari, joriy yilning avgust oyida qo‘shimcha ravishda qovun ham yetkazib berish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter