Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Eron bilan transport va logistika sohasida muhim kelishuvga erishdi

O‘zbekiston Eron bilan transport va logistika sohasida muhim kelishuvga erishdi

Kecha, 14 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Eron Islom Respublikasiga amalga oshirgan tashrifi doirasida Transport vaziri Ilhom Mahkamov Eronning Yo‘l va shaharsozlik vaziri Mehrdod Bazrposh bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Eron o‘rtasida transport va logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Tomonlar transport va tranzit sohasi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning muhim va strategik yo‘nalishlaridan biri ekanligini alohida qayd etib o‘tishdi.

Eronning Yo‘l va shaharsozlik vaziri Mehrdod Bazrposh O‘zbekiston bilan aralash tashuvlar sohasi va tranzit aloqalarini rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Eron o‘rtasida transportning barcha yo‘nalishlaridagi hamkorlikni rivojlantirish rejasi va Ashxobod kelishuvini amalga oshirishga kelishib oldi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Eronnning janubiy va shimoliy portlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, «Shimol-Janub» transport yo‘lagi bo‘ylab tashuvlarni faollashtirish, amaldagi tariflarni pasaytirish hamda ikki mamlakat haydovchilari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish orqali avtomobil va temir yo‘l transportida tashuvlarni yengillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring