O‘zbekiston budjetiga Afg‘onistonga sotilgan elektr energiyasi orqali 900 million dollar kelib tushgan

Shu kunlarda O‘zbekiston tomonidan Surxon-Puli-Хumri elektr-energiya tarmog‘i qurilmoqda. Mazkur tarmoq qurib bitirilgach, Afg‘onistonga keladigan elektr-energiya yanada ortadi. Bu haqdagi ma’lumot «O‘zA»da keltirildi.
2002 — 2017-yillar davomida Afg‘onistonga uzatilayotgan elektr-energiya hisobiga O‘zbekiston budjetiga 900 mln. (AQSh dollari) miqdorida valyuta kelib tushgan. Kelajakda O‘zbekiston Afg‘oniston orqali Janubiy Osiyo davlatlari va Pokistonga ham elektr-energiya eksport qilish niyatida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter