Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston besh oyda 160,0 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqardi

O‘zbekiston besh oyda 160,0 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqardi

Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston Respublikasida 160,0 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 108,2 foizga teng.

Sanoat ishlab chiqarish tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 81,6 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, bu davrda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 14,6 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘ldi.

Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 mlrd. AQSh dollariga ko‘p, yoki 13,2 foizga oshgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring