O‘zbekiston 9 oyda 13,8 mlrd. dona atirgul eksport qildi
2020-yilning 9-oyi davomida O‘zbekiston 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 19,8 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 13,8 mlrd. dona atirgul eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,8 mln. AQSh dollariga (7,9 mlrd. dona atirgulga) oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
O‘tgan 9 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p atirgul eksport qilgan davlatlar:
Qirg‘iz Respublikasi – 19,5 mln.
Rossiya – 135,8 ming
Qozog‘iston – 120,7 ming
Tojikiston – 60,5 ming
Turkiya – 8,9 ming AQSh dollari
Andijon (32,3 %) va Namangan (22,1 %) viloyatlari respublikadagi jami atirgul eksportida 55 % ulushga ega.
Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilning 9 oyida hududlar orasida Andijon viloyati eng ko‘p ya’ni, qiymati 6,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 3,8 mlrd. dona atirgul eksport qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter