Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston 4 oydan beri oltin eksport qilmayapti – Davstatqo‘m

O‘zbekiston 4 oydan beri oltin eksport qilmayapti – Davstatqo‘m

2022-yilning yanvar-iyul oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 28 102,9 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 6 343,9 mln. AQSh dollariga yoki 29,2 foizga ko‘paydi. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, hisobot davrida TSAda eksport hajmi 11 272,4 mln. AQSh dollariga (38,1 foizga ko‘paydi) va import hajmi 16 830,5 mln. AQSh dollariga (23,8 foizga ko‘paydi) yetgan. Shuningdek, yil boshidan buyon tashqi savdo balansining taqchilligi 5,56 milliard dollarni tashkil etdi.O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 119 million dollarga ko‘paydi, taqqoslash uchun iyun oyi oxirida 275 million dollarni, may oyida esa 275 million dollarni tashkil etdi. 350 million dollar.

Qo‘mita ma’lumotlarida aks etishicha, oltin eksportidan tushgan tushum jami eksport hajmining 26,4 foizini tashkil qilib, mazkur qimatbaho metall eksportidan tushgan tushum miqdori to‘rtinchi oyda ham o‘zgarmadi – 2,97 milliard dollar. Bundan esa O‘zbekiston ushbu qimmatbaho metallni mart oyidan beri xorijga sotmayotganini xulosa qilish mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davstatqo‘m joriy yil yanvar-mart oylarida oltin O‘zbekiston eksportining 51,1 foizi (2,97 mlrd dollar)ni tashkil qilgani haqida xabar bergan edi.

Mart oyining o‘zida esa oltin eksporti 609 million dollarni yoki oylik eksport hajmining 36 foizini tashkil etgan edi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring