O‘zbek uzumi Rossiya chegarasidan qaytarildi
Rossiyaning Qozog‘istonga chegaradosh Chelyabinsk viloyati hududiga 17,2 tonna o‘zbek uzumi kiritilmadi. «REGNUM» Rosselxoznadzorning Chelyabinsk viloyati boshqarmasi matbuot xizmatiga asoslanib tarqatgan xabarda bu yuk Yekaterinburgga olib ketilayotgani aytiladi.
Tovar 25-avgust kuni Chelyabinsk — Kustanay trassasida to‘xtatilgan. Tekshirib aniqlanishicha, uzum O‘zbekistondan Turkiston viloyati orqali olib kelinayotgan bo‘lgan. Biroq qadoqlarda ishlab chiqaruvchi mamlakat haqida markirovka bo‘lmagan.
Jarimaga tortilgan yuk tashuvchi mashinasi rulini yana Qozog‘iston tomonga burishga majbur bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter