2020-yilda jami necha so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilning yanvar-dekabr oylarida respublikada 218 853,5 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.
Bozor xizmatlarining nominal hajmi 25 155,7 mlrd. so‘mga oshgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,3 foizni tashkil etgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi:
▪️aloqa va axborotlashtirish – 12 886,0 mlrd
▪️moliyaviy – 45 817,3 mlrd
▪️transport – 53 772,5 mlrd
▪️shu jumladan: avtotransport – 29 196,6 mlrd
▪️yashash va ovqatlanish – 5 878,5 mlrd
▪️savdo – 56 553,9 mlrd
▪️ko‘chmas mulk bilan bog‘liq – 6 089,7 mlrd
▪️ta’lim sohasi – 9 073,0 mlrd
▪️sog‘liqni saqlash sohasi – 3 209,4 mlrd
▪️ijara – 4 172,1 mlrd
▪️kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash – 3 407,4 mlrd
▪️shaxsiy – 4 983,3 mlrd
▪️me’morchilik, izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasi– 4 925,7 mlrd;
▪️boshqalar – 8 084,7 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter