O‘rtacha oylik ish haqi bo‘yicha Namangan viloyati oxirgi o‘rinda
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ish haqi ko‘rsatkichlarini umumlashtirish natijasida, 2018-yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 548,3 ming so‘mni tashkil etgani haqida xabar bergan edik.
Shuningdek, o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko‘rsatkichi respublika hududlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Toshkent shahrida 2 129,9 ming so‘mni (respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 137,6 %), Navoiy viloyatida 2 118,8 ming so‘mni (136,8 %) va Toshkent viloyatida 1 686,7 ming so‘mni (108,9 %) tashkil etgan bo‘lsa, Namangan viloyatida 1 223,9 ming so‘mni (79,0 %), Samarqand viloyatida 1 234,8 ming so‘mni (79,8 %) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan kam miqdorga ega bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq, muayyan davr uchun belgilangan mehnat normasini va mehnat vazifalarini to‘liq bajargan xodimning oylik mehnat haqi qonun hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi (2018-yil yanvar-mart oylarida 426,5 ming so‘mni tashkil etgan) bo‘yicha belgilangan miqdordan oz bo‘lishi mumkin emasligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter