Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman! O‘zbekiston Respublikasi oltin-valyuta zaxirasi 2017-yilda 1,4 mlrd. dollarga oshgan

Rasman! O‘zbekiston Respublikasi oltin-valyuta zaxirasi 2017-yilda 1,4 mlrd. dollarga oshgan

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

Foto: «Sputnik»

2017-yilda O‘zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxirasi qanchaga yetgani haqida xabar berildi. Bu Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan pul-kredit va bank sohasi bo‘yicha 2017-yil yakunlari va 2018-ildagi vazifalar to‘g‘risidagi ma’lumot doirasida ma’lum qilindi.

Markaziy bankning axborotida ayni paytda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi 26,6 milliard dollarga teng, deb baholandi. 2017-yilda mazkur zaxira 1,4 mlrd. dollarga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning 28-dekabrida «O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi qancha qismi xorijiy valyuta, qanchasi esa oltin yoki qimmatli qog‘ozlar shaklida)?» degan savolimizga Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov tomonidan berilgan javobni e’lon qilgan edik. Javob xatida 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar doirasida pul-kredit tizimiga oid batafsil ma’lumotlar, shu jumladan, oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumot 2018-yilning yanvar oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (cbu.uz) hamda Davlat statistika qo‘mitasining (stat.uz) rasmiy saytlarida e’lon qilinishi ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring