Oltin va kumush quymalarini birjada sotib olish mumkin
«O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJ birja savdolarida qimmatbaho metallarni sotish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda «Norma» xabar bermoqda.
Birjada qimmatbaho metallar ularni ishlab chiqaruvchilar yoki savdolarning boshqa ishtirokchilari tomonidan sotiladi. Sanoatda ishlatiladigan mahsulotlarni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar, shuningdek zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarni ishlab chiqaruvchilar (yuridik shaxslar va YaTT) xaridorlar bo‘lishi mumkin. Ular savdolarda ishtirok etish uchun birjaga tegishli litsenziyani taqdim etishlari shart. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar Davlat asillik palatasi tomonidan beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini taqdim etadilar.
Buyurtmanomadan hamda bozordagi talab va taklif kon’yunkturasidan kelib chiqib, ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho metallardan quyidagi o‘lchov og‘irligidagi o‘lchov plastinalari, quymalarni ishlab chiqaradilar:
- oltindan – 5, 20, 50, 100, 250, 500 va 1000 grammli;
- kumushdan – 100, 250, 500 va 1000 grammli.
Yuzasida ishlab chiqaruvchining tovar belgisi bo‘lishi, sof qimmatbaho metall va ligatura massasi tarkibi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Plastina va quymalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga, shuningdek tovar-xom ashyo birjasining talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Qimmatbaho metallar granulalari mahsulotning tarkibi va sifatini ko‘rsatuvchi tegishli yozuvlar kiritilgan og‘irligi o‘lchangan o‘ramga o‘rab joylashtiriladi.
Birja savdolari har kuni, dushanbadan jumagacha, birja savdolari elektron tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladi.
Birja savdolarida sotib olingan qimmatbaho metallarni eksportga sotish mumkin emas.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 1-oktyabrdan qimmatbaho metallar tijorat banklari, MB va Qimmatbaho metallar agentligi ishtirokida zargarlarga sotilgan (batafsil qarang). Joriy yil boshida Hukumat yangi tartib – to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha ishlab chiqishni topshirdi (ishlab chiqish muddati – 2019-yil 1-aprelgacha, VMning10.01.2019 yildagi 16-son qaroriga qarang). Yuqorida ko‘rsatilgan «birja» tartibi parallel ravishda yoki ular o‘rniga ishlash-ishlamasligi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritilganidan keyin ma’lum bo‘ladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2019-yil 5-martdan kuchga kirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter