Narxlarini davlat belgilaydigan tovar va xizmatlarning yangi ro‘yxati tasdiqlandi
Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida yozilishicha, «Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilingan.
Qaror bilan narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxati tasdiqlandi.
Narxlarni davlat tomonidan tartibga solish (tariflarni) o‘rnatish, mazkur ro‘yxatdan tashqari tabiiy monopoliya sharoitlarida ishlab chiqariladigan tovarlarga (ko‘rsatiladigan xizmatlarga), Prezident qarorlarida narxlari tartibga solish nazarda tutilgan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan ham amalga oshiriladi.
Shuningdek qaror bilan tasdiqlangan nizomda monopol yuqori va monopol past narxlarning aniqlanishi tartibi belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter