Narx-navo: mol va qo‘y go‘shti narxi oshib bormoqda
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari taqdim etildi.
E’tiborga molik tomoni, bir hafta avval taqdim etilgan ma’lumotda eng arzon mol go‘shti 45 ming so‘m, eng qimmat qo‘y go‘shti esa 89 ming so‘m deya ko‘rsatilgandi.
Bu safar har ikkala mahsulot narxi oshishi kuzatilgan.
2022-yil 27-iyul holatiga:
Suyakli mol go‘shti (1 kg) ➖ 49 500 – 77 000 so‘m
Qo‘y go‘shti (1 kg) ➖ 55 000 – 90 000 so‘m
Kartoshka (1 kg) ➖ 2000 – 6000 so‘m
Piyoz (1 kg) ➖ 2000 – 8500 so‘m
Sabzi (1 kg) ➖ 1000 – 6000 so‘m
Tuxum (10 dona) ➖ 7000 – 15 000 so‘m
Guruch (1 kg) ➖ 5000 – 25 000 so‘m
O‘simlik yog‘i (1 l) ➖ 15 600 – 30 000 so‘m
Shakar (1 kg) ➖ 11 000 – 18 000 so‘m.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter