Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Namanganga o‘ttiz yillik tarixda buncha pul kelmagan»

Shavkat Mirziyoyev: «Namanganga o‘ttiz yillik tarixda buncha pul kelmagan»

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xalq deputatlari kengashining sessiyasida Namangan viloyatini har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Prezident aholi bandligi va daromadini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish birinchi muhim vazifa ekanini ta’kidladi. «Mahallabay» tizimda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 850 milliard so‘m kreditlar ajratishga ko‘rsatma berildi.

Namangan viloyatida 2021-2022-yillarda umumiy qiymati 23 trillion 700 milliard so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshirilishi qayd etildi. Ushbu 1 ming 728 ta loyiha orqali 66 mingdan ziyod ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

- Namanganga o‘ttiz yillik tarixda buncha mablag‘ kelmagan. Agar shuni to‘g‘ri, samarali yo‘naltirib ishlatsak, viloyatning iqtisodiyoti jadal rivojlanadi, hamma tumanlarga sanoat kirib boradi, odamlar ishli bo‘ladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, ekinlar tarkibini o‘zlashtirish muhimligi ta’kidlandi. 17 ming gektar yer ajratib, 200 ming nafar yosh, paxta klasterlari tomonidan har bir tumanda tikuvchilik korxonalarini ishga tushirib, 10 ming nafar ayollar bandligini ta’minlash vazifasi belgilandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yangiqo‘rg‘on kartoshkachilik markazi, Vengriya bilan hamkorlikda kartoshkachilik yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berildi.

Prezident yoshlar bilan alohida suhbatlashdi. Ular aytgan takliflarni, biznes-rejalarini qo‘llab-quvvatlab, mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

- Yoshlarning ko‘zida ertangi kunga ishonch ko‘rsam, ochig‘i, hamma charchoqlarim chiqib ketadi! Mana shunday bilimli, jonkuyar, izlanuvchan yoshlar hamma sohalarda o‘zgarish qiladi. Biz ularga keng yo‘l ochib, har tomonlama yordam berishimiz kerak, - dedi davlatimiz rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring