Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangandagi inshoot tenderiga 23 ta xorij kompaniyasi qiziqdi

Namangandagi inshoot tenderiga 23 ta xorij kompaniyasi qiziqdi

Namangan shahridagi oqova suv inshootini davlat-xususiy sheriklik asosida qurish va ekspluatatsiya qilish loyihasining tender jarayoni bo‘yicha videokonferensaloqa uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda ushbu loyiha O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshiriladigan oqova suv sohasida yetakchi ekani alohida ta’kidlandi.

11-sentyabrda yakuniga yetgan ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, tenderga Janubiy Koreya, Italiya, Rossiya, Turkiya kabi davlatlarning 23 ta ilg‘or kompaniyasi vakillari qiziqish bildirdi.

Mazkur kompaniyalar vakillariga tenderning keyingi bosqichi – dastlabki saralash jarayonlari va takliflarni yuborish shartlari haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, investitsiya loyihalari mamlakatning imiji va reytingini belgilab berishini inobatga olib, xorijlik qatnashchilar e’tiboriga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi oxirgi yutuqlar haqida batafsil ma’lumot ham havola etildi.

Tender bo‘yicha dastlabki saralashga ariza berish muddati: onlayn shaklda 2020-yil 9-noyabrgacha, qog‘oz holatda 2020 yil 23 noyabrgacha etib belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring