Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muxtor Umarov: «Uzoq yillik yopiq iqtisodiyot korxonalarni monopoliyalarga aylantirdi...»

Muxtor Umarov: «Uzoq yillik yopiq iqtisodiyot korxonalarni monopoliyalarga aylantirdi...»

Bugun yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi faoliyati bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Assambleya raisi Muxtor Umarovga ko‘ra tashkilot «O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish, chet davlatlardagi yirik korporatsiya va savdo tarmoqlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida» tuzilgan.

Muxtor Umarov tadbirda monopoliyalar haqida ham to‘xtalib o‘tdi:

«Uzoq yillar davomida biz yopiq iqtisodiyot olib bordik. Ko‘proq ichki bozorga e’tibor qaratdik. Natijada esa ma’lum bir korxona va kompaniyalar monopolga aylanib oldi. Bozor qoidalariga amal qilinsa, monopoliyaga qarshi kurashishga hojat qolmaydi. Hammaga bir xil imkoniyat berib, halol raqobatga imkoniyat ochsak, shuning o‘zi ham katta qadam bo‘ladi».

Mazkur Assambleya o‘zida 12 ta mahalliy ilg‘or assotsiatsiya va milliy markazlarni birlashtiradi. Ustuvor vazifalari davlatimiz iqtisodiyotidagi o‘zgarishlar, qonunchilik va davlat dasturlarida nodavlat biznes sektori vakillarining ishtirokini taminlash, ularning mahalliy va xalqaro huquq hamda manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlar faoliyatidagi masalalarini yuqori davlat tashkilotlariga yetkazishda ko‘maklashishdan iborat hisoblanadi. Assambeliyaning muhim vazifalari sifatida tadbirkorlarning xalqaro shartnomalar tuzishida amaliy va nazariy ko‘mak berish, xorijda savdo muhitini yaratib berish, to‘g‘ri yo‘naltirish kabilar ko‘riladi.

Assambleya qoshida hozirda xalqaro arbitraj sudi, mediamarkaz, tadbirkorlikka tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha biznes akademiya, xorijiy bozorlarga chiqishga mo‘ljallangan elektron platforma hamda IT bo‘limlari ishbilarmon doira vakillariga xizmat ko‘rsatadi. Assambleya o‘z dasturiga ko‘ra, xorijiy iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, xalqaro ko‘rgazma va biznes forumlar tashkil etish bo‘yicha ham faoliyat olib boradi. Shu bilan birga, milliy brendlar yaratish, marketing, menejment va biznes doira vakillari uchun kasb bayramlarini tashkillashtirish ustida ishlaydi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Assambleya shu yil 10-fevral kuni Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring