Murad Buildings’ning 20 yilligi munosabati bilan BMW sohibi bo‘ling!
Murad Buildings 20 yillik tarixi davomida shahrimizga o‘z arxitekturasi bilan ko‘rk bag‘ishlab, mijozlarga baxt va quvonch ulashuvchi noyob ko‘chmas mulk ob’yektlari qurilishida yetakchi kompaniya sifatida o‘zini namoyon qildi.
Kompaniya o‘z mijozlarini yanada baxtli qilish, ularning zamonaviy megapolisda qulay yashashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish sharafiga ega ekanligidan faxrlanadi.
Murad Buildings muvaffaqiyatining siri uning qadriyatlari, tamoyillari va missiyasiga asoslangan bo‘lib, kompaniya mijozlar va hamkorlar kutganidanda a’lo natijalarga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi.
Murad Buildings o‘zining 20 yillik faoliyatini nishonlash sharofati bilan maxsus taklifni e’lon qilishdan mamnundir.
Unga ko‘ra, faqatgina 2023 yilning 5 dekabridan 2023 yilning 25 dekabriga qadar barcha xonadon sotib oluvchi mijozlar 20 ta qimmatbaho sovg‘alardan biriga ega bo‘lishi, xonadonlarga 20% gacha chegirma olishi, shuningdek, bo‘lib to‘lashda dastlabki to‘lovning 20% gacha kamaytirish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ladilar.
Bu hali hammasi emas, 2023 yil 5 dekabrdan 2024 yil 28 fevralga qadar har qanday usulda (100% oldindan to‘lov yoki bo‘lib to‘lash) xonadon sotib olgan mijozlar avtomatik ravishda bosh sovrin – BMW avtomobili egasi bo‘lish imkoniyatiga egadirlar. Avtomobil yutib olgan omadli Murad Buildings mijozi 2024 yilning 1 martida aniqlanadi.
Ishonchli quruvchidan yuqori sifatli va zamonaviy ko‘chmas mulkni sotib olish orqali siz nafaqat hayotingiz qulayligini yanada oshirishingiz mumkin, balki mablag‘ingizni oqilona sarmoyaga yo‘naltirgan holda yaqin kelajakda yanada ko‘paytirish imkoniyatiga ham ega bo‘lasiz. Murad Buildings tomonidan taqdim etilayotgan har bir ko‘chmas mulkning narxi vaqt o‘tgani sari oshib bormoqda.
Murad Buildings’dan qulay shartlarda xonadon xarid qiling va BMW avtomobilini yutib olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Sayt: mbc.uz
Telefon: 712008822
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter