Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Monopollar mutlaq huquqlaridan mahrum qilinadi

Monopollar mutlaq huquqlaridan mahrum qilinadi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Prezidentning «Raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda «Norma» xabar bermoqda.

Hujjat bilan 2022 yil 1 iyuldan boshlab:

  • aeroportlar, yo‘l qurilish, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, issiqlik ta’minoti, neft mahsulotlarini sotish va boshqa sohalardagi korxonalarning davlat ulushlarini bosqichma-bosqich xususiy sektorga sotilishi;
  • rangli metallarning parchalari va chiqindilarini sotib olish, qayta ishlash, sotish va tayyorlash faoliyati bilan xususiy sektor shug‘ullanishi mumkinligi nazarda tutilmoqda.

Hujjat bilan 2022-2026 yillarda xususiy sektorni keng jalb qilish hamda eksklyuziv huquqlarni bekor qilish orqali mavjud monopoliyalarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash taklif qilinmoqda.

Xususan, reja davlat ulushlarini xususiylashtirish, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish yo‘li bilan bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.

Ro‘yxatda ko‘rsatilgan faoliyat turlari bilan erkin shug‘ullanishni ta’minlashga qaratilgan «Yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. 

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring