Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moliya va soliq organlari tomonidan qo‘llanadigan bir qator sanksiyalar bekor qilindi

Moliya va soliq organlari tomonidan qo‘llanadigan bir qator sanksiyalar bekor qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Kiritilgan o‘zgartirishlar bilan, korxonalar chet el valyutasidagi tushumni yashirgan hollarda Markaziy bank, moliya va soliq organlari tomonidan qo‘llanadigan quyidagi sanksiyalar bekor qilindi:

  • moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash va ma’muriy jarima solish;
  • qoidalarni buzgan yoki valyuta nazorati va tartibga solish normalariga rioya qilinishi uchun tegishli chora-tadbirlar ko‘rmagan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish.

Shuningdek, eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq kunlik naqd pul tushumiga ega xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar pulni bankka o‘zlari yoki inkassatsiya xizmati orqali topshiradi.

20 baravardan kam bo‘lganlar esa pulni inkassatsiya xizmati orqali o‘zlari belgilaydigan davrda yoki mustaqil topshiradi. Ilgari, pulni mustaqil topshirish tartibi nazarda tutilmagan edi.

Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining filiallaridagi naqd pul zaxiralari hajmining eng kam miqdorini tasdiqlashiga oid amaliyot bekor qilindi.

Tijorat banklarida naqd pul mablag‘lari berilishi monitoringi bo‘yicha maxsus bo‘linmalar faoliyati to‘xtatildi.

Bundan tashqari bojxona chegarasi orqali charm, momiq mo‘yna va qorako‘l xomashyolarini olib chiqish Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan amalga oshirilishi belgilandi.

Ilgari ushbu xomashyolar Davlat bojxona qo‘mitasi va «O‘zbekcharmpoyabzali» uyushmasi bilan kelishilgan holda Tashqi savdo vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida olib chiqilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring