Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MKBANKda yangi turdagi pul o‘tkazmasi – PAYSEND!

MKBANKda yangi turdagi pul o‘tkazmasi – PAYSEND!

Yangi yildan MKBANKda PAYSEND — xalqaro pul o‘tkazmalari xizmati yo‘lga qo‘yilmoqda.

2025 yilning 1-choragida MKBANKda PAYSEND xalqaro pul o‘tkazmasi tizimini ishga tushirish rejalashtirilgan. Shu maqsadda MKBANK va PAYSEND xalqaro pul o‘tkazmasi o‘rtasida NDA shartnomasi imzolandi. Endilikda qolgan shartlarni kelishib olish maqsad qilingan.

Ta’kidlash kerakki, PAYSENDda dunyoning 170 dan ortiq mamlakatiga onlayn o‘tkazmalar mavjud bo‘lib, pulni o‘zingizga qulay — bank kartalari va hisob raqamlariga yoki oddiygina mobil raqam orqali ham o‘tkazishingiz mumkin. Bunda MKBANK mijozi bo‘lsangiz, pul o‘tkazmalarini yuborish va (yoki) qabul qilib olish uchun bankka tashrif buyurishingiz shart emas.

PAYSEND real vaqt rejimida turli mamlakatlarning bank kartalari o‘rtasidagi pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda dunyodagi juda qulay shartlarni taqdim etuvchi xizmat hisoblanadi.

PAYSEND shuningdek, kartalarni tekshirish va firibgarlikdan himoya qilish uchun o‘z dasturlaridan foydalanadi.

MKBANK sizga barcha pul o‘tkazmasi tizimlari orasidagi eng arzon — PAYSEND xizmatini taklif etadi!

Bank Axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring