MKBANK: Uch tomonlama kelishuv imzolandi
Meva-sabzavotchilik sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi kredit liniyasi tashkil etiladi.
Bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasini (loyiha) amalga oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 4803-son qaroriga muvofiq joriy yil 24 iyul sanasida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda “Mikrokreditbank” ATB o‘rtasida loyiha doirasida 40.1 mln. doll. miqdoridagi uch tomonlama qayta kreditlash bitimi imzolandi.
Kredit liniya mablag‘lari meva-sabzavotchilik soxasidagi tadbirkorlik sub’yektlarini samarali hamkorlik uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishi belgilangan.
Bunda maqbul investitsiyalar birinchi navbatda quyidagilarni o‘z ichiga oladi: intensiv bog‘lar, energiya tejaydigan sug‘orish tizimlari, quyoshdan suv isitish tizimlari va suv ko‘targichlar, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash, meva-sabzavotchilik mahsulotlari qadoqlash tara ishlab chiqarish, avtorefrijiratorlar sotib olish, o‘zgaruvchan iqlimga chidamkor infratuzilma va qo‘shilgan qiymat zanjirini moliyalashtirishni (yetkazib berish zanjiridagi korxonalar doirasida aylanma mablag‘larni moliyalashtirish), bir yillik paxta va g‘alla yetishtiriladigan ba’zi yerlar o‘rniga ko‘p yillik intensiv bog‘lar va uzumzorlar yaratish va boshqa investitsiyalar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter