Mirziyoyev raisligida yig‘ilish boshlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Yig‘ilish yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport qilish uchun sharoitlarni yanada kengaytirish, xizmat ko‘rsatish va turizm sohalarini rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi vazifalar muhokama qilinmoqda.
Jahonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar hisobiga iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan xom ashyo va mahsulotlar narxi, ularni yetkazib berish xarajatlari beqarorligi ta’kidlandi.
Mahsulotlarimiz narx jihatdan raqobatbardosh bo‘lishini istasak, eng avvalo, o‘zimizdagi xom ashyoni chuqur qayta ishlab, tayyor sifatli mahsulotlarni ko‘paytirishimiz shart va zarur, dedi davlatimiz rahbari.
Shavkat Mirziyoyev avvalroq yoshlar siyosatida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi yildagi ustuvor vazifalar bo‘yicha hisobot bilan tanishgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter