Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Hokim o‘rinbosarlari oyning 15-kuni chet elga chiqishi kerak»

Shavkat Mirziyoyev: «Hokim o‘rinbosarlari oyning 15-kuni chet elga chiqishi kerak»

Foto: «President.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev Zarbdor tumanida bo‘lganida iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

— Investitsiya manzilli, iqtisodiy samarali bo‘lishi kerak. Qaysi tumanda qanday salohiyat bor, qaysi joyga qanday korxona kerakligiga qarab, mablag‘ yo‘naltirish zarur. Viloyat hokimlarining investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari oyning 15-kuni chet elda yurishi, aniq loyihalarga investitsiyalar olib kelishi kerak, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zA xabariga ko‘ra, Jizzax shahridagi sobiq to‘qimachilik kombinatining bo‘sh turgan binolari negizida zamonaviy to‘qimachilik majmuasini barpo etish, «Jizzax», «Zomin-farm» erkin iqtisodiy zonalarida 2018-2019 yillar uchun rejalashtirilgan investitsiya, shuningdek, viloyatda yengil sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring