Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Budjet tashkiloti hech qachon paxtaga tegmaydi, dalada paxta yonib ketsa ham!»

Shavkat Mirziyoyev: «Budjet tashkiloti hech qachon paxtaga tegmaydi, dalada paxta yonib ketsa ham!»

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati

Shu yilning 29-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida eksport-import, mahalliy budjetga qo‘shimcha tushumlarni ta’minlash, qishloq xo‘jaligida g‘o‘za parvarishi, g‘alla o‘rimi, takroriy ekinlar va suvdan oqilona foydalanish kabi muhim tadbirlarni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq bugungi kunda g‘oyat dolzarb bo‘lib turgan masalalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Kun.uz» xabar bermoqda.

— Budjet tashkiloti hech qachon paxtaga tegmaydi, dalada paxta yonib ketsa ham tekkizdirmayman. Kimga kerak paxta? Korxonaga kerak. Qaysi korxona? Qayta ishlaydigan. O‘zini odamlari, o‘zi borib, pul to‘lasin, o‘zi yig‘sin, — deb aytgan Shavkat Mirziyoyev. —  Abdulla Ne’matovich, sizga bir oy muddat. O‘tgan yili qancha qiynaldik, butun dunyo hozir bolalar mehnati deb, o‘zimizni o‘zimiz ahmoq qilib yurganmiz. Qayerga borsak, bolalar mehnati [ҳақида гапиришади — «Xabar.uz»]. Undan 2-3 milliard foydami, yoki undan ko‘ra obro‘ni, siyosatimizni joyiga qo‘yish kerakmi?!

Shuning uchun bir oy muhlat, o‘tgan yilgi tajribani qo‘llash lozim. Hech qanday, bironta bolalar mehnati, majburiy mehnat kerak emas. Mana qancha to‘qimachilik kombinatlarimiz bor, o‘zlari borib, o‘zini paxtasini o‘zi terib olaversin.

Mana klaster qilyapmiz, og‘ir damlardan o‘tib olishimiz kerak. Hozir bizga do‘stlar ham ko‘p, lekin dushmanlarimiz ham ko‘p. Aytmoqdaman-ku, har kuni bitta maqola chiqyapti. Toshkent hech qayerga bormaydi, Toshkentning o‘zini yo‘li bor!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring