Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev «2,5 milliard dollarlik mega-loyiha» haqida gapirdi

Mirziyoyev «2,5 milliard dollarlik mega-loyiha» haqida gapirdi

«Vodiy aholisining uzog‘ini yaqin qilish maqsadida, «Andijon – Farg‘ona – Qo‘qon – Namangan – Andijon» temir yo‘l halqasi bo‘ylab 4 ta elektropoyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Natijada, kuniga 8 ta qatnov tashkil etilib, 10 mingga yaqin yo‘lovchi tashiladi. Bunga, 40 million dollar jalb qilinadi.

Shuningdek, Andijon xalqaro aeroporti zamonaviy standartlar asosida to‘liq ta’mirlanadi va bu ishlarga 350 million dollar yo‘naltiriladi.

Shu yil oxirigacha Jahon banki bilan birga, «Toshkent – Andijon» muqobil pullik avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha 2,5 milliard dollarlik mega-loyiha boshlanadi. Loyihani amalga oshirish natijasida, Andijondan Toshkent shahriga borish vaqti hozirgi 5 soatdan 3 soatga qisqaradi», — dedi Shavkat Mirziyoyev andijonlik saylovchilar bilan uchrashuvda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring