Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mikrokreditbank» to‘rt oyda xotin-qizlarning tadbirkorligi uchun qancha imtiyozli kredit ajratdi?

«Mikrokreditbank» to‘rt oyda xotin-qizlarning tadbirkorligi uchun qancha imtiyozli kredit ajratdi?

Foto: «Xabar.uz»

Xabaringiz bor, yurtimizda ayollar bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bu borada duch kelayotgan muammolariga yechim topish davlatimiz siyosatining ajralmas yo‘nalishi hisoblanadi.

«Mikrokreditbank» ATB tomonidan ham ana shunday xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish borasida muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida 8 294 nafar xotin-qizlarning tadbirkorlikning turli yo‘nalishdagi loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha 191,9 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. Natijada 8 475 nafar ayollarning bandligi ta’minlandi.

Shuningdek, 2022 yilda «Ayollar daftari»ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash borasida ham tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqdaki, bunda o‘tkaziladigan xatlov natijalariga ko‘ra, navbatdagi bosqichda daftarga kiritilgan, tadbirkorlik istagida bo‘lgan xotin-qizlarga imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishida ko‘maklashildi. Va bu kabi ishlar davom ettiriladi.

Yana «Mikrokreditbank» ATB tomonidan hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ham aholiga keng imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda.

Jumladan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida joriy yil boshidan bugunga qadar hunarmandchilik loyihalarini moliyalashtirish uchun 8,3 mlrd. so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.

E’tiborlisi, imtiyozli kreditlarning 5,1 mlrd. so‘mi «Hunarmand» uyushmasiga a’zo bo‘lgan 117 nafar hunarmand tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bu ishlar 2022 yilning yanvar-aprel oylarida amalga oshirilgan bo‘lib, «Mikrokreditbank» ATB bu boradagi yanada ulkan loyihalari bilan aholining tadbirkorlik faoliyatiga munosib hissa qo‘shishda davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring