«Mikrokreditbank» navbatdagi «Bank xizmatlari markazi»ni Qarshi shahrida ishga tushirdi
«Mikrokreditbank»ning Qashqadaryo viloyati filiali tomonidan aholiga bank xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish va mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida «Nasaf» bank xizmatlari markazi ochildi. Bu haqda bank axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu markaz mijozlarga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatmoqda:
Jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmat turlari:
- Omonatlar qabul qilish, qayta rasmiylashtirish va chiqim qilish;
- Valyuta ayirboshlash (sotib olish va sotish);
- Bank plastik kartalarini ochish, ularni balansini to‘ldirish va kartadan naqd pul chiqim qilish;
- Bir martalik to‘lovlarni qabul qilish (kommunal, kredit va boshqa to‘lovlar);
- Kreditlar ajratish (mikrozaym, avtokredit, iste’mol krediti va davlat dasturi bo‘yicha ajratiladigan kreditlar);
- Bankomatlar orqali xizmat ko‘rsatish (naqd pul yechish, plastik kartani to‘ldirish, AQSh dollari sotib olish);
- Pul o‘tkazmalari (WESTERN UNION, Ria, CONTACT, MoneyGram, Zolotaya Korona, YuNISTRIM);
- Interaktiv xizmatlar orqali bank xizmatlari ko‘rsatish.
Yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmat turlari:
- Asosiy hisob raqamlar ochish va ularga xizmat ko‘rsatish;
- Terminallar bilan ta’minlash;
- Kassa xizmatlari ko‘rsatish;
- Kredit ajratish;
- Depozit mablag‘lari qabul qilish;
- Korporativ kartalarni rasmiylashtirish;
- Valyuta operatsiyalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish;
- Interaktiv xizmatlar orqali bank xizmatlari ko‘rsatish.
Ayni paytda «Mikrokreditbank» tomonidan bank faoliyatini moliyaviy sog‘lomlashtirish, operatsion xarajatlarni optimallashtirish hisobiga xizmat ko‘rsatish geografiyasini kengaytirish maqsadida 33 ta ixcham va kam xarajat talab qiluvchi «Bank xizmatlari markazlari» faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari yana 17 ta bank xizmatlari markazlarida jihozlash va ta’mirlash ishlari amalga oshrilmoqda. Oy yakunigacha ushbu BXMlar soni 50 taga yetadi. Ushbu amaliyotlarni kelgusida ham davom ettirib, joriy yil yakuniga qadar jami 90 ta zamonaviy markazlar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter