Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mikrokreditbank»: 12 ming nafarga yaqin xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi

«Mikrokreditbank»: 12 ming nafarga yaqin xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi

Foto: «Xabar.uz»

Xabaringiz bor, yurtimizda ayollar bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bu borada duch kelayotgan muammolariga yechim topish davlatimiz siyosatining ajralmas yo‘nalishi hisoblanadi.  

«Mikrokreditbank» ATB tomonidan ham ana shunday xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish borasida muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, 2022 yil boshidan bugunga qadar 11 753 nafar xotin-qizlarning tadbirkorlikning turli yo‘nalishdagi loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha bank tomonidan zaruriy choralar ko‘rilgan holda ijtimoiy dasturlar doirasida 272 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratish hisobiga 11 990 nafar ayollar bandligi ta’minlandi.

Ana shunday ishlardan biri Buxoro viloyatining bir qancha tumanlaridagi xotin-qizlarlar bandligi va tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, G‘ijduvon tumanida yashovchi fuqaro X. Saidovaga «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash» dasturi doirasida milliy liboslarni tayyorlash xizmati uchun 100 mln. so‘m, Romitan tumanida yashovchi R.Sharipovaga «Har bir oila tadbirkor» dasturi doirasida tikuvchilikni tashkil qilish uchun 40 mln. so‘m, jondorlik N. Rahmonovaga «Har bir oila tadbirkor» dasturi asosida go‘zallik saloni ochish uchun 28 mln. so‘m kredit mablag‘lari ajratildi va tumandagi ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yildi.    

Shuningdek, «Ayollar daftari»ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlashga yo‘naltirish, ushbu daftarga kiritilgan xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan oldin ularga tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish va biznes loyihalarini tayyorlashga ko‘maklashish, ularga imtiyozli kreditlar ajratish, xotin-qizlarni ishga jalb qilgan holda kooperatsiya usulida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan bank tomonidan nazorat o‘rnatilgan.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, «Mikrokreditbank» ATB tomonidan xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish yo‘nalishida, shuningdek, 2022 yilda «Ayollar daftari» bo‘yicha o‘tkaziladigan xatlov natijalariga ko‘ra navbatdagi bosqichda daftarga kiritilgan, tadbirkorlik istagida bo‘lgan xotin-qizlarga imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishida ko‘maklashiladi va bu kabi ishlar keyingi oylarda ham davom ettiriladi.

Bank Axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring