Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 15 ta kichik sanoat zonasi tashkil qilinadi

Mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 15 ta kichik sanoat zonasi tashkil qilinadi

Foto:«Xalq so‘zi»

«Respublika hududlarida mebelsozlik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–5155-son, 21.06.2021-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, hududlarda klaster usulida mebel mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari (15 ta) tashkil qilinadi.

Kichik sanoat zonalaridagi ishlab chiqarish maydonlari mulk huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.

Kichik sanoat zonalarini tashkil qilish uchun yer maydoni ajratilishi bilan bog‘liq qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi.

Quyidagi xarajatlar Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplanadi:

- 2021–2024-yillarda yillik tushumida tayyor mebel mahsulotlari eksportidan tushum ulushi kamida 30 foizni tashkil qiladigan mahalliy korxonalarning xomashyo (TIF TN bo‘yicha 4410 va 4411 kodlari) importi uchun sarflangan transport xarajatlarining 50 foizi miqdorida;

- 2024-yil 1-yanvargacha mebel mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan eksport qiluvchi korxonalarga mebel mahsulotlarini barcha davlatlarga, shu jumladan qo‘shni davlatlarga eksport qilishda avtomobil va temir yo‘l tashish xarajatlarining 50 foizi, biroq mahsulot eksport qiymatining (transport xarajatlarisiz) avtomobil transportida 5 foizidan, temir yo‘l transportida 7 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorida.

2023-yil 1-yanvarga qadar mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan ayrim xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar importida bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi.

Shuningdek, 2022-yildan har yili may oyida Mebel xalqaro savdo ko‘rgazmasi («Uzbek International Furniture Fair») o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring