Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MDH valyutalarining aksariyati yanvarda dollarga nisbatan qulashda davom etdi

MDH valyutalarining aksariyati yanvarda dollarga nisbatan qulashda davom etdi

Sobiq Ittifoq mamlakatlari valyutalari uchun yanvar oyi ancha murakkab kechdi: aksariyati qadrsizlanishda davom etdi. Shunga qaramasdan, «Alpari» axborot-tahlil markazi kuzatuvlariga ko‘ra, YeOII va MDHning ayrim mamlakatlari valyutalari orasida dollarga nisbatan mustahkamlangan yoki hech bo‘lmaganda pasaymaganlari ham bor (reytingni tuzishda tegishli markaziy banklarning ko‘rsatilgan sanalardagi rasmiy kurslaridan foydalanilgan).

Manba: «Alpari» ATM

Yanvarda dollarga nisbatan eng yaxshi o‘sishni arman drami qayd etdi — 0,83 foiz. Bu oy ukrain grivnasi uchun ham omadli keldi: 0,29 foiz o‘sish. Juda oz bo‘lsa-da, tojik somoniysi ham yuqoriladi — 0,09 foiz. Ozarbayjon va turkman manatlari yanvar oyida dollarga nisbatan hech qanday o‘zgarishga uchramadi.

Yanvar oyida dollarga nisbatan 3,12 foizga arzonlashgan rus rubli mintaqa valyutalari orasida autsayderga aylandi. Umuman olganda, 2021 yilning ilk oyi YeOII mamlakatlari valyutalari uchun pasayishlar oyi bo‘ldi: belarus rubli (-1,8 foiz), qirg‘iz somi (-1,53 foiz) hamda  qozoq tengesi (-0,95 foiz).

Gruzin larisi (-0,79 foiz), moldovan leyi (-0,49 foiz) hamda o‘zbek so‘mi (-0,4 foiz) ham Amerika valyutasiga nisbatan bu oy qadrsizlandi.

Arman drami yanvar oyida mustahkamlanishi kutilmagan hol bo‘ldi, negaki, Armaniston iqtisodiyoti og‘ir inqirozni bosh kechiryapti, ta’kidladi «Alpari» rahbarining o‘rinbosari Natalya Milchakova. Katta ehtimol bilan Armaniston valyutasi mustahkamlanishi mamlakat Markaziy banki qo‘llab-quvvatlovi bilan amalga oshgan, qolaversa, Markaziy bank Armaniston YaIM 2020-yildagi 7,5 foizlik qulashdan so‘ng 1-3,1 foizga o‘sishini prognoz qilgan, bu ham dramning dollarga nisbatan o‘sishiga xizmat qilgan bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring