Markaziy bank: «Uzcard» muammosi hisobga olinadi — qonunchilikka o‘zgarishlar kiritiladi
Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qilishicha, «Uzcard» faoliyatida muammolar kuzatila boshlanganidan beri Markaziy bank vakillari dasturiy ta’minot mutaxassislari bilan hamkorlikda to‘lov tizimi ishini tiklashda ko‘maklashishmoqda.
Tizimni tiklashning birinchi bosqichi tugadi — to‘lov kartalaridagi qoldiqlarning ma’lumotlar bazasi tiklandi. Ikkinchi bosqich, ya’ni to‘lov terminallari ishini tiklash kun davomida amalga oshiriladi.
Zarurat bo‘lganda fuqarolar naqd pul uchun xizmat ko‘rsatuvchi banklariga murojaat qilishlari lozim. Shuni e’tiborda tuting: hozircha aynan karta ochilgan bank filialiga borish kerak (terminallar ishlay boshlagach esa har qanday bankning istalgan filialiga murojaat qilsa bo‘ladi). Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda mamlakatimiz hududlaridagi filiallarni naqd pul bilan ta’minlash bo‘yicha ish olib borgan.
O‘z navbatida, Markaziy bank yuz bergan ushbu holat e’tiborsiz qolmasligini ma’lum qildi. Qonunchilikka MB barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida to‘lov tizimlari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha huquq hamda majburiyatlar bilan ta’minlovchi o‘zgarishlar kiritiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter