Markaziy bank sof oltin va kumush tangalarni sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni muomalaga chiqarish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirmoqda. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Sotuvga 1994-2009-yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo‘yilgan bo‘lib, ularning asillik darajasi 999,9 hamda og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Sotuvga jami 1900 dona oltin hamda 6900 dona kumush esdalik tangalari qo‘yilgan.
Esdalik tangalarini sotib olish mumkin bo‘lgan tijorat banklari ro‘yxati va boshqa to‘liq ma’lumotlarni ushbu manzil orqali bilib olishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter