Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank eski dollar banknotalari bo‘yicha bayonot berdi

Markaziy bank eski dollar banknotalari bo‘yicha bayonot berdi

Foto: Xabar.uz

Markaziy bank hozirgi kunda mamlakatimiz hududida eski namunadagi 100 AQSh dollari nominalidagi (2009 yilgacha emissiya qilingan) banknotlarni banklar tomonidan sotish va sotib olish bilan bog‘liq amaliyotlar hech qanday muammolarsiz amalga oshirilayotganligini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, birorta davlat hisob-kitoblarida eski namunadagi 100 AQSh dollari nominalidagi banknotlarning qonuniy to‘lov vositasi sifatidagi maqomi o‘zgarmagan.

Markaziy bank aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqirib, faqat rasmiy manbalarga tayanishni tavsiya etdi.

"Shuningdek, agar tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shoxobchalari tomonidan eski namunadagi 100 AQSh dollari nominalidagi banknotlarni qabul qilishda qiyinchiliklarga duch kelsangiz, Markaziy bankning “Ishonch telefoni” (71 200-00-44) yoki hududiy boshqarmalarga murojaat etishingiz mumkin", deyiladi xabarda. 

O‘z navbatda, Markaziy bank bu borada vaziyatni doimiy ravishda kuzatib borishini ma’lum qiladi.

Shu bilan birga, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, mamlakatimiz hududida rezidentlar va norezidentlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish va sotish faqat mahalliy banklar orqali amalga oshirilishi eslatib o‘tiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring