Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi texnologik qurilmalar faoliyati va barqaror ish holatini o‘rganish maqsadida Gazli gazni qayta ishlash zavodida bo‘ldi

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi texnologik qurilmalar faoliyati va barqaror ish holatini o‘rganish maqsadida Gazli gazni qayta ishlash zavodida bo‘ldi

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari Buxoro viloyatiga tashrif davomida Gazli gazni qayta ishlash zavodida ham bo‘ldi.

Gazli boshqarmasi konlaridan gaz qazib chiqarish va zavodda gazni qayta ishlash jarayonlarini umumiy boshqaruvini olib boruvchi Dispetcherlik boshqaruv pultidagi ish jarayonlari, boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar holati tahliliy o‘rganildi.

Qurilmalarning ish holati va amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida esa, Gazni oltingugurt birikmalaridan tozalash qurilmalari, Gazdan propan-butan ajratib olish qurilmasi ish faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Ta’kidlab o‘tamiz, Gazli gazni qayta ishlash zavodida 2022 yilda 56,5 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish va aholi hamda kommunal soha istemolchililari uchun yetkazib berish rejalashtirilgan.

Ushbu qurilmalarda gazni qayta ishlash texnologik jarayonlarini optimallashtirish, suyuq uglevorodlar, suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni ko‘paytirish va gaz sifatini yanada yaxshilash yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar holati ham o‘rganildi.

Jumladan, gazni oltingugurtdan tozalash qurilmalarining 4-, 5- navbatlarida tozalanayotgan gaz haroratini yanada tushirish maqsadida suv bilan sovutish apparatlarini o‘rnatilib ishga tushirilgan va natijada gaz haroratini tushirishga erishilgan.

Bu esa o‘z navbatida, keyingi texnologik qurilma bo‘lgan Seolit yordamida gazni qurtish qurilmasida texnologik jarayonlarni optimallashtirish va seolit kimyoviy reagnetlarining ishlash muddatlarini uzaytirish imkonini yaratadi.

Ushbu tadbirni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 2 dona suv bilan sovutish apparatlari «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» ichki imkoniyatlaridan ajratilgan bo‘lib, natijada yangi shunday texnologik uskunalarni tayyorlatish uchun zarur mablag‘larni tejashga erishildi.

Gazdan propan-butan ajratib olish bilan suyultirilgan gaz ishlab chiqarish qurilmasida qo‘shimcha harorat almashtirish va texnologik uskunalarini o‘rnatish bilan qurilmada ajratib olinayotgan gaz kondensatini qo‘shimcha gazsizlantirish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, ushbu tadbirlar uchun zarur uskunalar boshqarmaning ichki imkoniyatdan kelib chiqib to‘liq ta’minlangan.

Natijada ajartib olinayotgan gaz kondnsatini qo‘shimcha sovutish va tarkibidagi degazatsiya gazini ajartib olish bilan mahsulot sifatini yanada oshirishga erishildi.

Ajratib olinayotgan degazatsiya gazini utilizatsiya qilish uchun mavjud «Garbi» mini kompressor qurilmasiga uzatish ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, o‘z navbatida gaz yo‘qotishlari kamaytiriladi. Qurilmalarda olib borilayotgan ishlarni o‘rganish davomida tegishli departamentlar, boshqarma va zavod rahbarlariga suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni yanada oshirish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, bu borada boshlangan ishlarni jadallashtirish topshiriqlari berildi.

Suyultirilgan gaz saqlash stansiyasida bo‘lib, bu yerda suyultirilgan gazni yuklash jarayonlari ko‘zdan kechirildi va aholi ehtiyojlari uchun yuklanayotgan suyultirilgan gazni o‘z vaqtida yuklab berishni ta’minlash uchun tegishli departament boshliqlari va boshqarma rahbariyatiga yuklash jarayonlarini alohida nazoratga olish topshirig‘i berildi.

Boshqarmada jami 91 ta avtotransport mavjud bo‘lib, avtosaroyda ushbu maxsus texnika va mexanizmlarni saqlash hamda texnik xizmat ko‘rsatish uchun sharoitlar yaratilgan. Tashrif davomida, yangi barpo etilgan avtosaroy holati ham o‘rganildi.

Bu yerda yo‘l harakati xavfsizligi o‘quv xonasi, dispetcherlik, tibbiyot, ma’naviyat va ma’rifat, avtotransport vositalarini harakatlanishini nazorat qilish uchun GPS nazorati tashkil etilgan bo‘lib, Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» shu yerda ishchi-xizmachilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib boshqarma rahbariyatiga sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar bereldi.

Boshqarma ob’yektlari, gaz quvurlari va zavod hududini qo‘riqlash bilan talon-tarojlikning oldini olish hamda jamoat tartibini saqlashda yaqindan ko‘maklashayotgan Milliy gvardiya qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari bilan ham uchrashuv o‘tkazilib, ularning amalga oshirayotgan ishlarida muvaffaqiyatlar tilab, minnatdorchilik bildirildi.

Shundan so‘ng, rais o‘rinbosarlari, departament boshliqlari, boshqarma rahbariyati va mutaxassislari ishtirokida o‘rganishlar davomida aniqlangan mavjud muammolar, 2022 yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, boshqarmada belgilangan reja ko‘rsatkichlarning bajarilishi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Gazli boshqarmasida konlar kesimida gaz qazib chiqarish ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, yilning o‘tgan davrda tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlarining tushib ketishi tanqid qilindi. Har bir kon boshlig‘ining uglevodorodlar qazib chiqarish bo‘yicha reja ko‘rsatkichlarining bajarishi bo‘yicha hisobotlari birma-bir eshitildi.

Qazib chiqarishni ko‘paytirish yo‘nalishlarida olib borilayotgan geologo-texnik chora-tadbirlarni jadallashtirish, mavjud siquv kompressor stansiyalari avariyali to‘xtalishlarni bartaraf etish bilan stansiyalarning barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

2022 yilning birinchi yarim yilligida belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishini ta’minlash bilan gaz qazib chiqarishni oshirish, Gazli zavodida suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni oshirish maqsadida amalga oshirishilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlarni 1-yarim yillik bilan tugatib ishga tushirish bo‘yicha boshqarma rahbariyati va departament boshliqlariga tegishli topshiriqlar berildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring