«Made in Uzbekistan» milliy mahsulotlar xalqaro ko‘rgazmalari tashkil etiladi
Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi Axborot xizmati ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirish va yanada kengaytirish, shuningdek, Rossiya ishbilarmonlik doiralari va jamoatchilikni mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan keng tanishtirish hamda respublika eksport hajmlarini oshirish maqsadida:
Rossiya Federatsiyasining 4 ta yirik shahrida «Made in Uzbekistan» milliy mahsulotlar xalqaro ko‘rgazmalarini o‘tkazish rejalashtirilgan:
26-oktyabr — 1-noyabr kunlari Samara;
23-24-noyabr kunlari Sankt-Peterburg;
1-2-dekabr kunlari Qozon;
15-16-dekabr kunlari Moskva.
Ushbu ko‘rgazmalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, ya’ni meva-sabzavot, qandolatchilik va qayta ishlangan oziq-ovqat sanoati eksponatlari alohida milliy stendlarda namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu ko‘rgazmalarda ishtirok etish istagini bildirgan tadbirkor va eksportyorlar joriy yilning 30-sentyabr kuniga qadar Vazirlikning Tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish va tahlil boshqarmasiga murojaat qilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter