Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kredit axborot-tahliliy markazi» kredit byurosi rahbari: «Kredit ma’lumotlari majburiy o‘rganilyapti»

«Kredit axborot-tahliliy markazi» kredit byurosi rahbari: «Kredit ma’lumotlari majburiy o‘rganilyapti»

Foto: Xalqaro press-klub

Ayni daqiqalarda Xalqaro press-klubda «Budjet-2018: xalq manfaatlari, aniq ko‘rsatkichlar va yangi yondashuvlar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Unda xalqaro va mahalliy ekspertlar, respublikamizdagi moliya tashkilotlari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Tadbir qatnashayotgan Sherzod Qudratxo‘jayevning ta’kidlashicha, «chet elda hamma moliyaviy masalalar fuqarolarning kredit tarixiga qarab amalga oshiriladi. Shu bois bugungi kunda rivojlangan davlatlarda har bir kishining o‘z kredit tarixi bor. Bizda endi-endi kirib kelyapti».

«Kredit axborot-tahliliy markazi» kredit byurosi direktori Muzaffar Salomovning ma’lum qilishicha, bizda banklar va boshka kredit tashkilotlari kredit tarixi ma’lumotlarini kredit byurosiga taqdim etish majburiyati qonun darajasida belgilab qo‘yilgan. Kredit tarixiga nafaqat kreditlar, hatto gaz-elektr energiyasi kabi kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzdorliklar kiritiladi.

O‘z navbatida Xalqaro moliya korporatsiyasining kredit hisobotlarini rivojlantirish bo‘yicha eksperti Fabritsio Fraboni ham «Men o‘z davlatimda 5 daqiqa ichida kredit olishim mumkin. Faqatgina kredit tariximda muammo bo‘lmasa, kifoya», — deya qo‘shimcha qilgan.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring