«Ko‘p banan yeyapmiz»: ushbu meva importi keskin oshib ketdi
2022 yil mart oyida O‘zbekiston 15,4 ming tonna banan import qilgan. Bu o‘tgan yilgi shu davrga nisbatan 3 baravar ko‘pdir, deya xabar berdi EastFruit portali.
Yil boshidan beri, ya’ni so‘nggi 3 oyda jami 40,1 ming tonna banan olib kelingan. Ushbu ko‘rsatkich 2021 yil boshidagi miqdordan 2,5 baravar, 2020 yildagi ko‘rsatkichdan 4 baravar ko‘p deganidir.
O‘zbekiston 2021 yil davomida 89,4 ming tonna banan import qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2020 yildagiga qaraganda 2,4 marta ortiqdir.
Banan importining keskin oshib ketishiga asosiy sabab 2021 yil oktyabrda O‘zbekiston hukumati bir qator mevalarni olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilingandi. Ularning orasida banan ham bor edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter