Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kartoshka narxi qimmatlashi ortidan mahsulot importi ham oshdi

Kartoshka narxi qimmatlashi ortidan mahsulot importi ham oshdi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 38,8 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 331,6 ming tonna kartoshka import qilgan.

Kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 83,7 ming tonnaga oshgan.

2021 yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p kartoshka import qilgan davlatlar:

- Eron – 121,7 ming tonna
- Qozog‘iston – 95,4 ming tonna
- Pokiston – 81 ming tonna
- Qirg‘iz R. – 17,4 ming tonna
- Niderlandiya – 10,6 ming tonna
- Rossiya – 4,4 ming tonna
- Fransiya – 616 tonna
- Afg‘oniston – 374,6 tonna
- Germaniya – 66,3 tonna

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring