Joriy yilda «Investitsiya portali»ni ishga tushirilishi kutilmoqda

«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi loyihasi umumxalq muhokamasiga taqdim etilgani haqida avval xabar bergan edik.
Internet tarmog‘ida mahalliy va xorijiy investorlarni zarur statistik axborotlar, biznesni yuritish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ta’minlaydigan «Investitsiya portali»ni ishga tushirilishi kutilmoqda.
Davlat dasturi loyihasida ushbu portalni 2018-yilning 1-iyulidan boshlab ishga tushirish va doimiy ishlashini ta’minlash ma’lum qilingan.
Mazkur portalda mamlakatning investitsiya salohiyati to‘g‘risida, taqdim etilayotgan imtiyozlar, investitsiya kiritish afzalliklari, infratuzilma, geografik joylashuv, shuningdek, davlat mulki ob’yektlari, investorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risida davlat tili, rus tili va boshqa xorijiy tillarda kengaytirilgan axborotlar, mahalliy va xorijiy investorlarga interfaol shaklda davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning xizmatlari, investorning qayerda va qanday usulda murojaat qilganidan qat’i nazar, murojaatlar ko‘rib chiqilishining amaldagi holati va natijasidan xabardor bo‘lib turish imkoniyatini ta’minlash nazarda tutiladi.
Eslatib o‘tish kerak, ushbu loyiha tasdiqlanishi, o‘zgarishi yoki rad etilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter