Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i kamaytirildi
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining o‘rtacha va maksimal stavkasini 0,5 foizga pasaytirildi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan.
Hujjatga ko‘ra, minimal stavka 7,5 foiz darajasida qoladi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining o‘rtacha stavkasi 16,5 foizgacha, maksimal stavkasi esa — 22,5 foizgacha pasaytirildi.
Qaror Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 29-dekabrda imzolangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter