Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jamshid Qo‘chqorov eng yaxshi moliya vaziri bo‘ldi

Jamshid Qo‘chqorov eng yaxshi moliya vaziri bo‘ldi

Buyuk Britaniyaning nufuzli Global Markets nashri (“Euromoney Institutional Investor”ning qismi) Jamshid Qo‘chqorovni «Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasi bo‘yicha (shu jumladan MDHda) 2019-yilning eng yaxshi moliya vaziri» deb topgan.

Ushbu nashr O‘zbekiston iqtisodiyotini liberallashtirishda, Shavkat Mirziyoyev amalga oshirayotgan islohotlarni, xususan, valyuta bozorini liberallashtirish, soliq sohasidagi islohotlar, savdo cheklovlarini yengillashtirish va davlat suveren obligatsiyalarining emissiyasini samarali o‘tkazishda erishilgan yutuqlarni yuqori baholagan.

Ma’lumot uchun aytib o‘tish kerak, Jamshid Qo‘chqorov 1964-yil 19-oktyabrda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring