Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inflyatsiya darajasi sezilarli ko‘tarildi

Inflyatsiya darajasi sezilarli ko‘tarildi

Avgust oyida inflyatsiya dajarasi 16,5 foizgacha ko‘tarilgan va prognoz koridoridan yuqori bo‘lgan. Markaziy bank hisobotiga ko‘ra, yanvar – iyul oylarida yillik inflyasiya o‘rtacha hisobda 13,5-13,7 foiz darajasida saqlanib qolgan edi.

Bunday darajaga chiqishga quyidagi omillar sabab qilib ko‘rsatilgan:

  • investitsion kreditlar va davlat xarajatlari oshishining tezlashishi;
  • so‘m devalvatsiyasi bilan izohlanadigan fundamental omillar;
  • elektr energiyasi va gaz narxlarining oshirilishi;
  • ish haqi va pensiya to‘lovlarining indeksatsiya qilinishi.

Sentyabr oyiga kelib, yillik inflyasiya 16 foizgacha sekinlashgan. Bu esa yuqorida sanab o‘tilgan omillar asosan vaqtinchalik ekanini tasdiqlaydi, deyilgan hisobotda.

Shuningdek, bir qator import tovarlariga QQS bo‘yicha imtiyozlarning bekor qilinishi, un va non narxlarining erkinlashtirilishi hisobiga oktyabr oyida inflyatsiya darajasining bir muncha tezlashishi taxmin qilinmoqda.

Aslida dastlabki 7 oyda iqtisodiyotda inflyatsion jarayonlar bazaviy prognoz ssenariyga ko‘ra, iste’mol narxlarining yillik o‘sish prognozi 13,5-15,5 foiz oralig‘ida bo‘lishi nazarda tutilgan edi.

Lekin, joriy yilning III choragida muqobil ssenariyda nazarda tutilgan alohida inflyatsion xatarlar vujudga kelgan va inflyatsiyaning tezlashishiga sabab bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring