Imtiyozli kredit olishni kim xohlamaydi?
Bugun, 9 iyun kuni «Mikrokreditbank» ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Kamoliddin Atayev navoiylik yosh tadbirkorlar, xususiy biznesini yo‘lga qo‘yishni niyat qilgan o‘g‘il-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda yoshlarni qiynayotgan masalalar, bandlikni ta’minlash, yosh tadbirkorlarga ajratilayotgan kreditlar haqida so‘z bordi.
Kamoliddin Atayev tadbirkorlik istagini bildirgan navoiylik yoshlarga o‘zining shaxsiy tajribalari haqida maslahatlar ham berib o‘tdi.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda Navoiy viloyat bo‘yicha jami 5 454 nafar yoshlarga 131 558 mln.so‘m imtiyozli kreditlar ajratilib, 5 492 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Jamiyatda yoshlar rolini oshirish hamda bandligini ta’minlash sohasida Mikrokreditbank tomonidan ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bank tomonidan 1 156 nafar yoshlarga 32 954 mln. so‘m kredit ajratilib, 1 170 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 13 oktyabrdagi «Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomilashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4862-sonli qaroriga asosan viloyatda Savdo-sanoat palatasi hamda Yoshlar-kelajagimiz jamg‘armasi tomonidan jami 3 517 nafar yoshlar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilib, sertifikat berilgan.
Shulardan, jami 1 389 nafar yoshlarga 35 026.2 mln. so‘m kredit ajratildi. Shu jumladan, «Mikrokreditbank» ATB tomonidan 554 nafar yoshlarga 16 517,5 mln. so‘m kredit ajratilgan.
Navoiy viloyatining olis tumanlaridan biri bo‘lgan Uchquduq tumanida bu borada ayniqsa salmoqli ishlar amalga oshirilgan.
Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimi bo‘yicha 156 nafar tadbirkorga 4 859.2 mln. so‘m kredit ajratildi. Shundan 93 nafar yoshlarga 2 526.0 mln. so‘m, bundan 42 nafar yoshlar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilib, namunaviy sertifikatga ega bo‘lgan holda 1 219,0 mln. so‘m imtiyozli bank kreditlari ajratilib, ularning tadbirkorlik faoliyatlarini amalga oshirishlarida yaqindan ko‘mak berib kelinmoqda.
Bundan tashqari, joriy yilning 24 may kuni viloyatda «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki, «Yoshlar — kelajagimiz» jamg‘armasi, Yoshlar ishlari agentliklari hamda viloyat hokimligi hamkorligida «Biznes marofon» o‘tkazildi.
Ushbu «Biznes marofon»da o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan yoshlarga biznesni rivojlantirishda qo‘l keladigan dunyodagi ilg‘or tajriba va zamonaviy vositalar tanishtirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter