Ikki oylik qoloqlikni bartaraf etish chorasi ma’lum qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev makroiqtisodiy vaziyat, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha videoselektor o‘tkazdi. Yig‘ilish davomida may-iyun oylarida yo‘l qo‘yilgan qoloqlikliklarni bartaraf etish uchun ko‘riladigan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
— Iqtisodiy o‘sish uchun, eng avvalo, asosiy energoresurslar ishlab chiqarish hajmlarini oshirish lozim.
Masalan, birinchi chorakda tabiiy gaz qazib chiqarish 1,7 foizga kamaygani ta’sirida, 600 ming tonna sement, 55 ming tonna mineral o‘g‘itlar, 330 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmlari ta’minlanmagan.
Sultanov, M.Abdullayev ikkinchi chorakda birinchi chorakdagi qoloqlikni bartaraf qilib, 9 milliard kub metr tabiiy hamda 165 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni so‘zsiz ta’minlasin.
Sultanov, Sh.Xodjayev «Issiqlik elektr stansiyalari» (Abduraxmonov), «O‘zbekgidroenergo» (Sanginov) bilan birga, sanoat tarmoqlari, tadbirkorlik sub’yektlari va aholi ehtiyojlarini to‘la qondirish uchun, ikkinchi chorakda jami 15,5 milliard kilovatt elektr ishlab chiqarishi zarur, — dedi davlat rahbari.
Prezident, shuningdek, Alisher Sultonov, Ulug‘bek Mustafoyev va viloyat hokimlari oldiga joriy yilning 1 avgustiga qadar, mavjud kechikishni to‘liq bartaraf etgan holda ASKUE tizimini 100 foiz ishga tushirish vazifasini qo‘ydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter