Hokim va prokurorlar «boshi bilan» javob beradi
Yig‘ilishda un va un mahsulotlarining bozorda taqchilligiga yo‘l qo‘ymaslik va narxlar barqarorligini ta’minlashga viloyat hokimlari shaxsan mas’ul va javobgar bo‘lishi ta’kidlandi.
Mutasaddilarga 1-avgustga qadar 20 ta don korxonasidagi davlat ulushini savdoga chiqarish, bir oy muddatda don korxonalari qoshida tashkil etilgan non sexlari va savdo do‘konlarini xatlovdan o‘tkazib, savdoga chiqarish topshirildi.
«Viloyat hokimlari va prokurorlari yaxshilab eshitib olsin. O‘zgarishlarni bahona qilib, joylarda un ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirib yuborish, narx-navoni asossiz o‘sishiga yo‘l qo‘yishga «sabotaj» deb, siyosiy baho beriladi.
Shu bois, viloyat hokimlari va prokurorlari don korxonalarining mavjud ishlab chiqarish hajmlarini saqlab qolishga «boshi bilan» javob beradi», dedi Prezident.
Bu borada viloyat hokimlari, ichki ishlar va prokuratura organlari rahbarlariga ijtimoiy tarmoqlarda chiqish qilib, yangi islohotlarning mazmun-mohiyati, qanday choralar ko‘rilishi va rejalari bo‘yicha tushuntirish berish vazifasi qo‘yildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter