Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hisob palatasiga qo‘shimcha funksiyalar yuklandi

Hisob palatasiga qo‘shimcha funksiyalar yuklandi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyati takomillashtirilayotganligi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi (O‘RQ-712-son, 27.08.2021 y.)

Qonun bilan Budjet kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, endilikda Hisob palatasi budjet tizimi budjetlarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning daromadlarini ko‘paytirish zaxiralarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llamasdan ham aniqlash va safarbar qilishni amalga oshirishi mumkin.

Shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida»gi Qonunga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra, Hisob palatasi:

  • yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan choralarning amalga oshirilishini o‘rganadi hamda nazorat qiladi;
  • davlat boshqaruv organlarida, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan muassasa va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimini joriy qilish, uning samarali faoliyat ko‘rsatishiga doir choralarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qiladi.

Qonun bilan Hisob palatasining bir qator ko‘shimcha funksiyalari, jumladan, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasidagi funksiyalari belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring