«Hi-tech bank» bankrot deb e’lon qilindi
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi «Hi-tech bank» xususiy aksiyadorlik tijorat bankini bankrot deb topish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorini chiqardi.
Shunga asosan Markaziy bank Boshqaruvining tegishli qaroriga asosan «HI-TECH BANK» xususiy aksiyadorlik tijorat bankining tugatish komissiyasi vakolati tugatilganligi hamda sud tomonidan M.Gizatulin tugatish boshqaruvchisi etib tayinlanganligi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabrida Markaziy bank qoidabuzarliklar sodir etgani uchun «Turkistonbank» va «Hi-tech bank»ning litsenziyasini bekor qilgandi.
«Hi-Tech Bank» mijozlariga qancha miqdordagi omonatlarni qaytarishi kerakligi ham ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter