«O‘zbekneftgaz»: London fond birjasi delegatsiyasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi

«O‘zbekneftgaz» AJda London fond birjasi (Buyuk Britaniya) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va darajasi, hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari kompaniyaning umumiy faoliyati, shuningdek, aksiyalarni navbatdagi ommaviy joylashtirish (IPO) borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi.
«O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan uglevodorodlar zaxiralarini xalqaro standartlari asosida mustaqil hisob-kitoblari tizimli ravishda amalga oshirilib, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga muvofiq audit o‘tkazilmoqda. Shuningdek, «DeGolyer & MacNaughton», «Ernst & Young», «KPMG, PwC» va boshqa dunyodagi shu kabi nufuzli maslahatchilar hisoblangan maslahatchilar bilan foliyat samaradorligiga erishilmoqda.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida va «O‘zbekneftgaz» AJning kredit qobiliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida uzoq muddatli kredit reytingi (VV-/Barqaror) berildi, ushbu reyting O‘zbekiston Respublikasining suveren reytingiga mos keladi.
Shu bilan birga, «O‘zbekneftgaz» AJ vakillari aksiyadorlik tarixida ilk bor London fond birjasida RegS/144A formatida 7 yil muddatlik 700,0 million AQSh dollari miqdoridagi yevroobligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirilgani haqida xabar berishdi.
Shuningdek, «O‘zbekneftgaz» AJ tomoni London fond birjasi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdorligi bildirildi.
London fond birjasi delegatsiyasi «O‘zbekneftgaz» AJ aksiyalarini ommaviy joylashtirish muhimligini ta’kidlashdi.
Bundan tashqari, fond birjasi vakillari tomonidan kompaniyaning barqaror rivojlanishi zarurligi, shu jumladan ESG standartlarini joriy etishni hisobga olgan holda jahon bozorida sanoat kompaniyalari orasida jozibadorlikni oshirishni tavsiya qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar bir-biriga suhbat uchun minnatdorchilik bildirishdi hamda kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlashga umid bildirishdi.
Eslatib o‘tamiz London fond birjasiga 1801 yilda asos solingan va bugungi kunda Yevropaning nufuzli fond birjasidir. O‘z navbatida, moliyaviy bozor infratuzilmasi hamda daromadi jihatidan dunyoda yetakchi o‘rinni egallaydi.
Birja jahon aksiyalar savdolarining 30 foizini amalga oshiradi, 6,8 trillion funt sterlingdan ortiq aktivlarni boshqaradi. Jahon valyuta operatsiyalarining 37 foizidan ortig‘ini amalga oshiradi.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter