Go‘shtni QQSdan ozod qilish muddati uzaytirildi
Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, O‘zbekistonga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, soya danagini olib kirish, shuningdek, o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish muddati 2022 yil 31 dekabrgacha uzaytirildi. Ilgari 2022 yil 30 aprelgacha edi.
Go‘shtni (mol va qo‘y), tirik hayvonlarni (molni va qo‘yni) va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek, ularni O‘zbekistonga olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish muddati 2022 yil 31 dekabrgacha uzaytirildi.
Tovuq go‘shti, muzlatilgan baliq va tirik parrandalarga qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyoz 2022 yil 30 aprelgacha edi, bu o‘zgartirishsiz qoldirildi.
2022 yil 1 yanvardan 2031 yil 1 yanvargacha Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlar:
- foyda, aylanmadan olinadigan, ijtimoiy va daromad solig‘ini 1 foizda to‘laydi;
- yuridik shaxslarning mol-mulk, yer va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlari 1 foizda to‘laydi.
Bo‘yalgan matoni, bo‘yalgan gazlamani va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qiluvchi tadbirkorlar 2022 yil 1 fevraldan 2025 yil 1 yanvargacha ijtimoiy soliqni 1 foiz to‘laydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter